loader image

JavaScript kursi?

Javascript barcha web-dasturlarni yaratishda qo‘llaniladigan dasturlash tili hisoblanadi. Dasturlashni endi boshlaganlar HTML va CSS bilan birgalikda Javascript ham o‘rganishlari lozim.
3-dars JavaScriptda o’zgaruvchilar va o’zgarmaslar

Ushbu qo’llanmada siz JavaScript o’zgaruvchilari va konstantalar va ulardan foydalanishni o’rganasiz.

JavaScript-da o’zgaruvchilar

Dasturlashda o’zgaruvchi — bu ma’lumotlarni saqlash uchun container (saqlash maydoni). Masalan:

let num = 5;

Bu yerda num 5 sonini ushlab turuvchi o’zgaruvchidir.

JavaScript da o’zgaruvchilar e’lon qilish

JavaScript-da biz o’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun var va let kalit so’zlaridan foydalanamiz.

Masalan:

var x;
let y;
let x = 5;
let y = 6;

JavaScriptda Constants(konstantlar-(o’zgarmasalar))

Const kalit so’zi konstantlarni yaratish uchun JavaScriptni ES6 (ES2015) versiyasida kiritilgan. Masalan:

const x = 5;
Konstant e'lon qilingandan so'ng, biz uning qiymatini o'zgartira olmaymiz.
const x = 5;
x = 10;  // Error! konstantlarning qiymatini o'zgartirish mumkin emas.
console.log(x)